Samarqand tumanida joylaşgan savdo dökonida yonğin sodir bölgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, bugun, 29 oktyabr kuni soat 9:04 da Samarqand tumani Xöja Ahror Valiy mahallasi Ğalaba köçasida joylaşgan savdo dökonlaridan birida yonğin sodir bölgani töğrisida viloyat FVBga xabar berilgan.

Şunga köra, 3 ta yonğin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:11 da yetib borib, soat 09:40 da yonğin töliq bartaraf etilgan.

Hodisada heç kim jabrlanmagan va halok bölmagan. Faqat savdo dökonining şift, tom qismi va kiyim-keçak maxsulotlari yonib zararlangan.

Qayd etilişiça, hozirda tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilib, yonğinning kelib çiqiş sabablari aniqlanmoqda.