Jamiyat | 17:10 / 01.07.2017
6963
1 daqiqa o‘qiladi

Bektemirda giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlash aniqlandi

2017 yilning 29 iyun kuni Bektemir tumani hududida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida fuqaro Alisher Imamaliyevdan og‘irligi 51,68 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid