Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrixonda o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar o‘z samarasini bermoqda
Andijon ichki ishlar boshqarmasi, Shahrixon IIB tomonidan hududda huquqbuzarlik, jinoyatchilikni oldini maqsadida jamoatchilik bilan hamkorlikda keng ko‘lamli ishlar tashkil qilinmoqda. Andijon IIB matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, jinoyatlarning katta qismi tunda sodir etiladi. Tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan sutkaning qorong‘u qismida tashkil etilgan guruhlar bilan mahalla faollarini jalb qilgan holda, har bir ko‘chaning boshida alohida jadval asosida navbatchilik tashkil qilingan.
Tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan hududdagi MFYlarning 50 ta ko‘cha boshisida tunda faoliyat olib boruvchi shlagbaumlar tashkil qilindi. Ushbu nazorat postlarida tunda harakatlanayotgan shubhali transport vositalari hamda fuqarolarni qayd etish daftarlarini yuritilishi ta'minlandi.

Shlagbaum o‘rnatilgan ko‘chalar qidiruvdagi transport vositalarini aniqlash hamda jinoyatchilarni ushlashda o‘z samarasini berayotir. Natijada hududda sodir etilayotgan tashmachilik, o‘g‘rilik va bezorilik kabi huqubuzarliklarning soni keskin kamayishiga erishildi.
Profilaktik tadbirlarida o‘z samarasini berayotgan ushbu ishlarni tumandagi mavjud 250 ta ko‘cha boshilarida joriy qilishga kirishilgan.


