YeXHTning yangi bosh kotibi kim bo‘lishi aytildi
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining a'zolari seshanba kuni yangi bosh kotibi nomzodi bo‘yicha bir qarorga kelishdi, deb xabar bermoqda DW.
"YeXHTning amaldagi raisi Sebastyan Kurtsning xabar berishicha, Mauerbaxdagi uchrashuv davomida YeXHT a'zolari Shvetsariyaning YeXHTdagi sobiq doimiy vakili Tomas Greminger tashkilotning yangi bosh kotibi bo‘lishi kerak, degan qarorga kelishgan", - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, YeXHT a'zolari tashkilotdagi bo‘sh turgan qator boshqa rahbarlik lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha ham bir fikrga kelishgan. Xususan, Demokratik institutlar va inson huquqlari Byurosi rahbari lavozimiga Islandiya sobiq ichki ishlar vaziri Solrun Gisladottirning nomzodi, milliy ozchiliklar ishi bo‘yicha oliy komissar lavozimiga – YeXHT sobiq bosh kotibi Lamberto Zaner, OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakil lavozimiga esa – Fransiya hukumatidagi Yevropa masalalari bo‘yicha sobiq vazir Arlem Dezir nomzodi ko‘rsatilgan.
"Biz YeXHTda ishonchning yo‘qolgani bilan kurashishimiz kerak", - degan Kurts. Uning qo‘shimcha qilishicha, tashkilot birinchi navbatda kuchli yetakchiga muhtojdir.
Mavzuga oid
08:50 / 26.10.2024
Shavkat Mirziyoyev YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
12:10 / 23.10.2024
Tashqi ishlar vaziri YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
13:00 / 20.06.2024