Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT) Grenlandiya atrofidagi mojaro keskinlaşgan taqdirda zudlik bilan çora köradi. AQŞ sönggi kunlarda bu hududga nisbatan da’volarini oçiq bildirmoqda. Bu haqda payşanba kuni, 15 yanvarda YeXHTning amaldagi raisi, Şveytsariya taşqi işlar vaziri Inyatsio Kassis ma’lum qildi.
“Agar nimadir sodir bölsa, biz uşbu taşkilotga a’zo davlatlar darhol muzokaralar ötkazişni talab qilişini — masalani çuqurroq körib çiqiş va qandaydir çora körişini kutib qolamiz”, — dedi Kassis Venadagi matbuot anjumanida.
YeXHT tarkibiga 57 davlat kiradi: AQŞ, YeI mamlakatlari, Ukraina, Rossiya va Belarus ham şular jumlasidan. Taşkilotning asosiy tamoyillariga davlatlarning suvereniteti va çegaralarini özaro hurmat qiliş, şuningdek, kuç işlatişdan voz keçiş kiradi. “AQŞ xalqaro huquqni nimalar buzişini, nimalar buzmasligini aniq biladi. Hozir biz vaziyatni diqqat bilan kuzatyapmiz”, — dedi Kassis.
AQŞ prezidenti Donald Trampning sözlariga köra, Grenlandiya AQŞning milliy xavfsizligi, şuningdek, Arktika mintaqasi xavfsizligi uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega. Uning ta’kidlaşiça, u yerda Rossiya va Xitoyning faolligi kuçaygan. Tramp AQŞ armiyasini işga solib Grenlandiyani “qöşib oliş” — “variantlardan biri” ekanini aytgan.
Şveytsariya taşqi işlar vaziriga köra, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi YeXHTni “öz tarixidagi eng jiddiy inqiroz”ga olib kirgan. Inyatsio Kassis YeXHTning “dolzarbligini saqlab qoliş”ga qaratilgan islohotlar haqida e’lon qildi. Xususan, Kassis Rossiya va Belarus “uşbu taşkilot noqulay savollarni — masalan, mojarolarning ildiz sabablari kabi masalalarni hal qila olişini kutayotgani”ni ta’kidladi.
AFP agentligi qayd etişiça, 2025 yil dekabrida AQŞ (Rossiyani nazarda tutib) YeXHTni “tinçlik uçun muhim bölganlarning iştirokini çekkaga surişni töxtatiş”ga çaqirgan.
Şveytsariya taşqi işlar vaziri YeXHTning asosiy ustuvor yönalişi — Ukrainada tinçlik ekanini ham aytdi. “Şaroit imkon berişi bilan, Ukrainada adolatli va barqaror tinçlikka hissa qöşişni xohlaymiz”, — dedi u.













