Jahon | 17:44 / 17.07.2017
6234
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya janubi-sharqida portlash yuz berdi, hodisada kurdlar gumonlanmoqda

Foto: Reuters

Turkiya janubi-sharqidagi Xyakkyari viloyatida qo‘lbola portlovchi qurilma ishga keltirildi. Natijada 17 askar jabrlandi. Bu haqda Hürriyet Daily News mamlakat bosh shtabi bayonotiga asosan xabar bergan. Mamlakat hukumati portlashni tashkillashtirishda Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasini gumonlamoqda.

Portlash askarlarni olib ketayotgan avtomobil Iroq va Eron chegarasidagi Yukseko‘va okrugidan o‘tayotgan payt sodir bo‘ldi. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazildi.

To‘rt kishi og‘ir ahvolda ekani xabar qilingan, biroq nashr bu ma'lumotni rad etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid