Jamiyat | 15:59 / 21.07.2017
6504
1 daqiqa o‘qiladi

Olmazor tumanida uyida nasha ekib, yetishtirayotgan shaxs aniqlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yilning 19 iyul kuni taxminan soat 12:00larda ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida, Olmazor tumani hududida fuqaro Komil Ahmedov uyida qonunga xilof ravishda 1 tup «nasha» giyohvandlik vositasini ekib, yetishtirayotganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va yetishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Mavzuga oid