Jahon | 08:20 / 25.07.2017
20440
2 daqiqa o‘qiladi

Misrda yana portlash, qurbonlar bor

Foto: Misr qurolli kuchlari matbuot xizmati

Sinay yarim orolining shimolidagi Al-Arish shahri yaqinida joylashgan nazorat-o‘tkazish punkti yonida portlash ro‘y berdi. Hodisa oqibatida yetti inson halok bo‘lgan. Bu haqda Misr qurolli kuchlari matbuot xizmati feysbukda xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, terrorchilar nazorat-o‘tkazish punktiga jipda kelib, uni kishilar to‘planib turgan joyda portlatib yuborishga urinishgan. Biroq, Misr hukumat qo‘shinlarining tanki terrorchilarning yo‘lini to‘sib qo‘ygani aytilmoqda.

Shundan so‘ng jangarilar harbiylar bilan otishmaga kirishishdi, keyinchalik tank yonidagi avtomobilni portlatib yuborishdi.

Voqea oqibatida tinch aholi vakillaridan yetti nafari halok bo‘ldi: uch erkak, ikki ayol va ikki nafar bola.

Matbuot xizmatidan aniqlik kiritishlaricha, agarda avtomashina o‘tkazish punktida portlaganida, o‘nlab insonlar qurbon bo‘lgan bo‘lardi.

Avvalroq Misr xavfsizlik kuchlari Sinay yarim oroli shimolida 30 jangarini yo‘q qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid