Sinay yarim orolining şimolidagi Al-Ariş şahri yaqinida joylaşgan nazorat-ötkaziş punkti yonida portlaş röy berdi. Hodisa oqibatida yetti inson halok bölgan. Bu haqda Misr qurolli kuçlari matbuot xizmati feysbukda xabar qilmoqda.
Ta'kidlanişiça, terrorçilar nazorat-ötkaziş punktiga jipda kelib, uni kişilar töplanib turgan joyda portlatib yuborişga urinişgan. Biroq, Misr hukumat qöşinlarining tanki terrorçilarning yölini tösib qöygani aytilmoqda.
Şundan söng jangarilar harbiylar bilan otişmaga kirişişdi, keyinçalik tank yonidagi avtomobilni portlatib yuborişdi.
Voqea oqibatida tinç aholi vakillaridan yetti nafari halok böldi: uç erkak, ikki ayol va ikki nafar bola.
Matbuot xizmatidan aniqlik kiritişlariça, agarda avtomaşina ötkaziş punktida portlaganida, önlab insonlar qurbon bölgan bölardi.
Avvalroq Misr xavfsizlik kuçlari Sinay yarim oroli şimolida 30 jangarini yöq qilgani xabar berilgandi.












