Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Samsung «yig‘iluvchi» telefonining suratlari paydo bo‘ldi
Slashleaks sayti yangi Samsung W2018 (SM-G9298) —Snapdragon 821 chipi va 4 Gb operativ xotiraga ega yig‘iluvchi telefon suratlarini namoyish etdi.
Aytish joizki, yig‘iluvchi telefonlar sensorli telefonlar ommabopligini yo‘qotgan edi. Biroq Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi — shu ko‘rinishdagi telefonlarni ishlab chiqishda davom etayotgan oz sonli korxonalardan biridir.
Yangi Samsung W2018 yig‘iluvchi telefoni ajoyib xususiyatlarga va texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Smartfon ikkita 4,2 dyuymli Full HD o‘lchamli ikkita displey va tashqi ko‘rinishidan Galaxy S8 telefoniga o‘xshab ketadigan dizaynga ega bo‘ladi. U metall korpus va shisha qopqoqli bo‘ladi.
Har holda Samsung yangi telefonini Osiyo mintaqasidan tashqariga yetkazib bermaydi. Mish-mishlarga ko‘ra, smartfon avgust oyida havola qilinadi.

Samsung W2018 xususiyatlari:
Chip: Snapdragon 821;
Xotira: 4 Gb operativ va 64 Gb doimiy;
Kamera: 12 Mp asosiy va 5 Mp old kamera;
Akkumulyator: 2300 mA*s;
Ishlash tizimi: Android 6.0 Marshmallow.





Mavzuga oid
22:37 / 29.03.2026
Xiaomi yangi arzon smartfonini taqdim etdi
15:00 / 10.03.2026
Yangi Samsung Galaxy S26 Ultra Global Mobile Awards 2026 da mukofotini qo‘lga kiritdi
20:24 / 02.03.2026
Apple yangi eng arzon iPhone 17e modelini taqdim etdi
21:01 / 28.02.2026