Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi yangi arzon smartfonini taqdim etdi
Smartfon 6,9 dyuymli IPS-displeyga ega bo‘lib, yangilanish chastotasi 120 Gsni tashkil qiladi. Redmi 15A Unisoc T8300 protsessori va 4 GB tezkor xotira bilan jihozlangan. Telefonning ichki xotirasi 64 GB va microSD kartalar uchun slot ham bor.
Xiaomi kompaniyasi Redmi 15A smartfonini taqdim etdi, deb xabar berdi Notebookcheck nashri.
Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, yangi qurilma brendning hozirgi qurilmalari orasida eng arzoni hisoblanadi. U Hindiston bozori uchun chiqarilgan bo‘lib, narxi 16,5 ming rupiy (173 dollar) etib belgilangan.
Smartfon 6,9 dyuymli IPS-displeyga ega bo‘lib, yangilanish chastotasi 120 Gsni tashkil qiladi. Redmi 15A Unisoc T8300 protsessori va 4 GB tezkor xotira bilan jihozlangan. Telefonning ichki xotirasi 64 GB va microSD kartalar uchun slot ham bor.

Qurilma 32 megapikselli kamera va 8 megapikselli old kamera bilan jihozlangan. Smartfonda simli quloqchinlar uchun 3,5 mm audio tirqish mavjud.
U Android 16 asosidagi HyperOS 3.0 operatsion tizimida ishlaydi hamda 2032 yilgacha xavfsizlik yangilanishlarini olish kafolati berilgan.
Shuningdek, mualliflar arzon smartfon 5G aloqani qo‘llab-quvvatlashi va 6300 mA·soat sig‘imli akkumulyatorga ega ekaniga e’tibor qaratgan.