Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir necha OTMda test sinovlari bekor qilinadi
Keyingi yildan san'at va ijod bilan bog‘liq yo‘nalishlardagi oliygohlarga kirish imtihonlarida test sinovlari o‘tkazilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvida ma'lum qilgan.
Videoselektorda qatnashgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, prezident bunday oliygohlarda faqat ijodiy imtihon bo‘lishini ma'lum qilgan. Bundan maqsad haqiqiy iqtidorlilar qolib, testda ona-tili yoki matematika fani savollarini yechib o‘qishga kirish holatlari oldini olish hisoblanadi.
«O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Madaniyat instituti va Dizayn institutida kirish imtihonlarida test topshirish - xiyonat. Ular qo‘shiq aytishni bilsa, chizishni bilsa, talanti bo‘lsa, iqtidori bo‘lsa, test topshirishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak», — degan prezident.
Mavzuga oid
14:30 / 22.07.2024
Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tadigan sanalar e’lon qilindi
22:16 / 01.05.2024
Toshkentda malaka test sinovlari qanday o‘tyapti? – reportaj
13:21 / 08.08.2022
Hayajon, umid va ko‘zyoshlar. Test sinovlari start oldi
14:59 / 02.08.2022