Jahon | 08:20 / 08.08.2017
17995
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya eng zamonaviy samolyotlarini palma yog‘iga almashadi

Foto: sukhoi.org

Rossiya Indoneziya bilan 11 ta eng yangi Su-35 qiruvchi samolyotining sotilishi bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb ma'lum qilindi "Rostex" xabarida.

Uch yil davom etgan muzokaralar barter bitimi tuzish bilan yakunlangan.

Indoneziya savdo vaziri Enggartiasto Lukitaning aytishicha, 5-avlod samolyotlariga eng yaqin bo‘lgan samolyotlar jumladan palma yog‘i partiyasiga almashtiriladi.

Muzokaralar avvalambor moliyaviy masalalar sababli uzoq kechgan. Natura bilan hisob-kitob qilish imkoni kelishuvga erishishga yordam bergan, chunki Indoneziya samolyotlar uchun naqd pul to‘lashni istamagan.

Rossiya, shuningdek, barter bo‘yicha Indoneziyadan choy, qahva va kauchuk kukuni oladi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid