Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mas'uliyatsiz temir yo‘l xodimlariga nisbatan keskin choralar ko‘riladi
Yo‘lovchilarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘layotgan va o‘z vazifasini suiste'mol qilayotgan temir yo‘l xodimlariga nisbatan keskin choralar ko‘riladi. Bu haqida 2017 yil 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida ishtirok etgan "Kun" muxbiri xabar beradi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yil boshidan shu kunga qadar Prezident virtual qabulxonasiga temir yo‘l xodimlarining yo‘lovchilarga bo‘lgan munosabati va poyezdlarning sanitar-gigiyenik holati yuzasidan jami 18 murojaat kelib tushgan. Barcha murojaatlar o‘rganib chiqilgan va ayrim yo‘lovchilarning o‘zlari bilan yuzma-yuz uchrashgan holda mavjud muammolar bartaraf etilgan.
"Agarda yo‘lovchilar temir yo‘l xodimlarining xizmati va muomalasidan norozi bo‘lishsa, chipta olish jarayonida qandaydir muammolarga duch kelishsa, albatta, tegishli idoraga murojaat qilishligi mumkin. Biz barcha muammo va kamchilikni o‘rganib chiqib, o‘z vazifasini suiste'mol qilgan xodimlarga nisbatan qattiq choralar ko‘ramiz. Fuqarolarning murojaati surishtiruvlar natijasida o‘z tasdig‘ini topsa, kasbiga loqaydlik bilan qaragan xodimlarning mehnat shartnomalarini bekor qilish choralari eng katta jazo sifatida qo‘llaniladi", deya ma'lum qildi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vakili.
Hozirgi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida 73 ming nafar yuqori malakali injyener-texnik xodim va mutaxassislar, yo‘lsozlar, mashinistlarni ishchi va xizmatchilar faoliyat yuritib kelishmoqda.
Mavzuga oid
21:41 / 28.11.2025
Nega O‘zbekiston poyezdlariga chipta narxi qimmat?
22:20 / 13.06.2025
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
21:16 / 26.07.2023