Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha yo‘nalishlarga zamonaviy vagonlar yetkazib beriladi
Hozirgi kunda Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga jahon andozasiga javob beradigan, namunali vagonlar yetkazib berilmoqda. Bu haqida sotuvlar va servis xizmatlari bo‘yicha rahbar Dilmurod Nig‘monov Xalqaro Press-klubning navbatdagi anjumanida xabar berdi.
"Hozirgi kunda barcha yo‘nalishlarda harakatlanadigan vagonlarni qulay o‘rindiqlar bilan ta'minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Chindan ham, platskart va kupelarda uzoq yillardan beri ishlatib kelinayotgan, ta'mirtalab vagonlarni ko‘rishimiz mumkin. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan barcha vagonlar o‘rindiqli, zamonaviy bo‘lib, yo‘lovchi talablarga javob beradi", deya ta'kidladi Dilmurod Nig‘monov.
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi” AJ boshqaruv raisi Dilshod Dadaxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda 250dan ortiq yangi vagonlar ishlab chiqarilmoqda.
Ma'lumot o‘rnida: “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining transport sohasidagi xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish maqsadida harakatlanadigan tarkibni zamonaviy, yuqori samarali lokomotiv va qulay vagonlar bilan ta'minlash va modernizatsiya qilishga alohida e'tibor berilmoqda. So‘nggi yillarda 49 ta zamonaviy elektrovoz va 10 ta yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan teplovoz sotib olindi, 120 ta lokomotiv modernizatsiya qilindi.
Mavzuga oid
20:15 / 25.02.2026
Prezident sanoat korxonalari quvvatini oshirib, 2 mingta yuk vagoni ishlab chiqarishni buyurdi
21:41 / 28.11.2025
Nega O‘zbekiston poyezdlariga chipta narxi qimmat?
22:20 / 13.06.2025
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi
21:47 / 27.05.2025