Jamiyat | 17:38 / 14.08.2017
45558
5 daqiqa o‘qiladi

Eng g‘aroyib akulalar (fotojamlanma)

Dunyo insonlarga kundan kunga yangi va g‘aroyib tuhfalarini taqdim etib kelmoqda: o‘zimizning sayyoramizni yaxshi o‘rganmay turib, kosmosga parvoz qilmoqchimiz. Bu yerda esa hali tadqiq  qilinmagan okeanlarimiz bor. Masalan, o‘tgan oyda olimlar avval fanga ma'lum bo‘lmagan akula turini aniqlashdi, uni g‘ayritabiiyligidan akula-nindzya deb nomlashdi. Don't Panic eng noyob va g‘aroyib akulalar haqidagi maqolasini taqdim etdi

Megalodon

Bu akula 2,6 million yil avval mavjud bo‘lgan - shunday bo‘lsa-da, uni eng g‘aroyib akulalar safiga qo‘shmaslik mumkin emas. Megalodon uzunasiga 30 metrga yetgan: ushbu suratda (olimlar uni qoldiqlar asosida ishlashgan) qo‘rqinchli maxluq biryo‘la ikki kitga hujum qilmoqda. Megalodonning jag‘lari orasiga bir necha kishi bemalol sig‘ishi mumkin bo‘lgan. 

Farishta-akula

Farishta-akulani aniqlash oson emas, zero u deyarli butun umri davomida dengiz tubida yashirinib yashaydi. Akulaning bu turi inson uchun xavfli emas, biroq shunday bo‘lsa-da, akula qo‘qqisdan hujum qilgan dayverga tashlanishi hech gap emas. 

Katta og‘iz-akula

Butun sayyora bo‘ylab bor-yo‘g‘i ellikka yaqin shunday noyob akula saqlanib qolgan. Surat Filippinda olingan: o‘ljani baliqchilarning o‘zlari okeanologlarga olib kelishgan. Katta og‘iz akula faqatgina plankton bilan oziqlanadi va soatiga 2 kilometr tezlikda harakatlanadi - ularning kam qolgani bejiz emas. 

Qirraburun akula

Akulaga bunday nom berilishi uning jabralari tuzilishi bilan bog‘liq. Yaxshiki, bu maxluqni faqat juda chuqur joylardagina uchratish mumkin, aks holda u har qanday g‘avvos uchun ham dahshatli tushdek ko‘rinardi. Tadqiqotchilar bu akulaning og‘zida 300dan ortiq yangilanuvchi tishlarni aniqlashdi: tasavvur qilib ko‘ring-a, suzish havzalarining sayoz joylarida mana shunday ikki metrli maxluq suzib yursa...

Goblin-akula

Ro‘yxatdagi eng xunuk akula. Uzunligi 3 metr, o‘tkir va qarmoq ilgaklari kabi qayrilgan tishlar - qiziq, bu mavjudot nima uchun yaratilgan ekan?

Gilam-akula

Gilam-akula o‘z nomini Yangi Zelandiya aborigenlaridan olgan: Wobbegong - "sersoqol" ma'nosini anglatadi. Bu tinch, lekin yoqimsiz mavjudot okean tubida yashaydi, mayda baliqlar va cho‘kindilar bilan oziqlanadi. Avstraliyaliklar, o‘z navbatida, gilam-akulani gazli ichimliklar bilan tanovul qilishni xush ko‘rishadi. 

Nayza tishli akula

Aslida bu bor-yo‘g‘i oddiy kulrang akulaning bir turi. Bir jihati diqqatga sazovor: nayza tishli akula ham tuzli, ham chuchuk suvda ov qiladi. Yaxshiki, havodan nafas olishni bilmaydi...

Shoxli akula

Akulani uy hayvoniga aylantirish istagida bo‘lganlar uchun yagona imkoniyat - shoxli akula. Shoxli akula okeanning tub-tubida yaltoqlanib, shoshmasdan qisqichbaqasimonlarni yeb hayot kechiradi. Akula kun davomida uxlaydi, faqatgina tun yarmida "ov"ga chiqadi. Hech qachon 12 kilometrdan uzoqqa suzmaydi: haqiqiy uy hayvoni!

Ulkan nahang-akula

12 metr uzunlik ulkan nahang-akulaga butun Jahon okeanidagi eng xavfli yirtqich nomini berishi mumkin edi, biroq uning shoxlari yo‘q. Ulkan akula o‘zining bahaybat tanasini kit singari, suvdan ajratilgan planktonlardan iborat parhez bilan qo‘llab-quvvatlaydi. 

Nindzya-akula

Bunday g‘aroyib akula turining mavjudligi haqida faqat 2015 yilga kelib ma'lum bo‘lgan. Nindzya-akula yorqin ranglarda tovlana oladi, to‘q rangli terisi suv ostida ko‘rinmaydi ham. Bu xususiyatlar suv osti "jallod"iga o‘ljani mo‘ljalga olib, yirik yirtqichlardan bekinish imkonini beradi. 

Mavzuga oid