“Biz qayğu va mojaroga töla, balki insoniyat yutuqlari va hayajonli lahzalarini qayd etgan yana bir yil oxiriga yaqinlaşar ekanmiz, fotograflar dunyoni körişning yangi usullarini taklif qiliş orqali bizni hayratda qoldirişda davom etmoqda”.

Time jurnali 2023 yilning eng ta’sirli yuzta surati haqidagi maqolasini şu sözlar bilan boşlagan.

Naşrga köra, 2023 yilda deyarli barça sohaga kirib borayotgan sun’iy intellekt – fotojurnalistika har qaçongidan ham muhimroq bölib qolganini tasdiqlamoqda. Real vaqtda butun dunyoda sodir bölayotgan voqealarga guvohlik berişga bağişlangan foto-hikoyalar – çalkaş dunyoni ravşanlik bilan ta’minlaşda juda muhim.

Şunday ekan, fotojurnalistlarning zimmasidagi axloqiylik va eng yuqori darajadagi jurnalistik halollik bilan harakat qiliş mas’uliyati, hozir, ehtimol, har qaçongidan ham kattaroqdir, deya qayd etgan Time jurnali.

Quyida yilning eng ta’sirli suratlaridan ayrimlari keltirib ötiladi.

18 avgust kuni Britaniya Kolumbiyasining Ğarbiy Kelouna şahridagi uylar ustidagi toğ yonbağirini örmon yonğinlari örab oldi.
Darril Deyk – AP
Qutqaruvçilar 6 fevral kuni Turkiyaning Diyarbakir şahrida sodir bölgan zilziladan keyin qulagan bino ostidan yoş qizçani qutqarişmoqda.
Sertac Kayar — Reuters
AQŞ-Meksika çegarasidagi Rio-Grande daryosining tor joyidan “ötayotgan” bolakay.
Go Nakamura — The New York Times / Redux
Luiziana ştatidagi yonğinlar oqibatida yuzaga kelgan quyuq tuman tufayli 158 ta maşina töqnaşdi. Oktyabr oyidagi fojiada 7 kişi halok böldi, 25 kişi jarohat oldi.
Jyerald Gerbert — AP