Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 19:45 / 16.08.2017
9272
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘iston mudofaa vaziri O‘zbekistonga keladi
Qozog‘iston mudofaa vaziri Saken Jasuzaqov boshchiligidagi delegatsiya 17—18 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tashrif davomida O‘zbekiston Mudofaa vazirligida uchrashuv o‘tkazish va ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.
Qozog‘iston delegatsiyasi, shuningdek, Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi, boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish