Foto: Avstraliya partiyasi yetakchisi senat yig‘ilishiga paranjida keldi
Avstraliyaning “Bir millat” o‘ng partiyasi yetakchisi Polina Xenson senat yig‘ilishiga qora paranjida (burqa) keldi. U bu ko‘rinishi bilan yuzni berkituvchi diniy liboslarni milliy xavfsizlik maqsadida taqiqlashni talab qilgan. Siyosatchining fikricha, bunday liboslar ayollarga ish topishda va jamiyatning bir qismiga aylanishda xalaqit beradi.
Bosh prokuror Jorj Brendis Xensonga bu “masxaromuz qilmishi” uchun ogohlantirish bergan va u Avstraliyaning yarim million musulmonlari hissiyotlarini haqoratlaganini aytgan. U, shuningdek, senat burqa va hijoblarni taqiqlamoqchi emasligini aytgan. Uning bu gaplari senat a'zolari tomondan olqishlangan.
Brendisning aytishicha, u bosh prokuror sifatida bosh vazirlar va milliy xavfsizlik xizmatlari bilan ishlagan va ular musulmon jamoasi bilan hamkorlik qilish zarurligini ta'kidlab kelishadi.
“Bu jamoa ustidan kulish, uni burchakka taqash, ularning diniy liboslari ustidan mazax qilish – bu dahshatdir, shu sababli qilgan ishingiz ustida bir o‘ylab ko‘rishingizni so‘rayman”, deb aytgan bosh prokuror.
Mavzuga oid
20:59 / 13.10.2024
Charlz III Avstraliyaning respublikaga aylanishiga qarshi emasligini bildirdi
00:26 / 24.09.2024
Avstraliyada yolg‘on chegirmalar e’lon qilgan supermarketlar sudga berildi
23:17 / 10.09.2024
Avstraliyada o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin
21:09 / 02.09.2024