Samarqandda jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
Hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar inson manfaatlariga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand shahar Kengashi tomonidan ham amaliy ishga qo‘l urildi, deb xabar beradi Kun.uz’ga O‘zYoI shahar kengashi axborot xizmati.
Xususan, ehtiyojmand, kam ta'minlangan va jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mahallalalar istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan, nogiron yoshlarning huquq va erkinliklarni ro‘yobga chiqarishda O‘zbekiston Respublikasining boshqa barcha fuqarolari bilan teng imkoniyatlarni ta'minlash, ularning turmush faoliyatidagi cheklashlarni bartaraf etish, nogironlarni to‘laqonli hayot kechirishlariga, jamiyatning iqtisodiy va siyosiy turmushida faol qatnashishlariga, shuningdek, o‘zlarining fuqarolik burchlarini bajarishlariga imkon beradigan qulay shart-sharoit yaratish maqsadida ochiq muloqot tashkil qilindi.
Ochiq muloqotlarda imkoniyati cheklangan, nogiron yoshlarning muammolari qanday, ularning qiziqishlari, ularga yana qanday shart-sharoitlar yaratib berish haqidagi savollarga javoblar topildi. Ochiq muloqotlarda to‘plangan taklif, muammolar hamda ularning yechimini amalga oshirish mexanizmi shahar, viloyat, respublika miqyosida toifalarga bo‘linib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik hal qilinishi belgilab qo‘yildi.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
13:40 / 15.10.2024
BAA Samarqandda jamoat transportini rivojlantirish loyihalariga taklif etildi
12:39 / 15.10.2024
Noyabrning 4-kunida Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
11:30 / 14.10.2024
Samarqandda Damas yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi
11:26 / 10.10.2024