Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noyabrning 4-kunida Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Samarqandda o‘tishi reja qilinayotgan xalqaro yugurish marafoni munosabati bilan qatnovlar 1-4 noyabr kunlari amalga oshiriladi. Poyezdlar Samarqanddan ertalabki 10:20 da, Toshkentdan tushdan keyin 14:10 da yo‘lga chiqishi ko‘zda tutilgan.
Shu yil 2-3 noyabr kunlari Samarqand shahrida “Samarkand Marathon 2024” xalqaro yugurish musobaqasi o‘tkazilishi reja qilingan. Shu munosabat bilan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ 1-4 noyabr kunlari “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, poyezd harakat jadvali quyidagicha bo‘ladi:
775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi
Samarqand 10:20 — Toshkent 12:40
776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi
Toshkent 14:10 — Samarqand 16:28
Ma’lumot uchun, “Samarkand Marathon” yugurish musobaqalari xayriya maqsadlarida o‘tkazib kelinadi. Unda har bir km yugurib yoki yurib o‘tilgan masofa uchun ma’lum summada pul belgilangan.
Mavzuga oid
11:13
Shavkat Mirziyoyev Bekobodga elektropoyezdda bordi
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026