Fan-texnika | 10:50 / 24.08.2017
14097
2 daqiqa o‘qiladi

Tesla elektromobili Lamborghini poyga mashinasini ortda qoldirdi (video)

400 metrlik masofaga tezlikka bahsda Tesla Model X elektrokari Lamborghini Aventador SV poyga mashinasini ortda qoldirdi va seriyali tarzda ishlab chiqariluvchi krossoverlar ichida tezyurarlik bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. “Ommaviy Mexanika” nashrining ma'lum qilishicha, Tesla krossoverining ilg‘or P100D modifikatsiyasi poyga mashinasini 0,05 soniyaga ortda qoldirgan.  

Model X’ning vazni 2,5 tonnani, dvigateli quvvati esa 580 ot kuchini, Lamborghini Aventador SV’ning vazni 1,9 tonnani, dvigateli quvvati esa 750 ot kuchini tashkil qiladi. Bundan tashqari, Tesla krossoveri Lamborghini Aventador SV’dan ancha arzon turadi: ularning narxlari mos ravishda 165 ming va 530 ming dollarni tashkil qiladi.   

Shu tariqa, Tesla Model X P100D sayyoramizning eng tezyurar krossoveriga aylandi.

Lamgorghini Aventador SV mashinasi va Tesla Model S sedanining eng kuchli modifikatsiyasi o‘rtasida ham poyga uyushtirildi. Bu poygada Lamgorghini Model S’ni 0,15 soniyalik ustunlik bilan dog‘da qoldira oldi. 

Mavzuga oid