Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 karra Olimpiya chempioni Muhammad Farah faoliyatidagi so‘nggi yugurishni yutdi
4 karra Olimpiya chempioni, britaniyalik Muhammad Farah faoliyatidagi so‘nggi yugurishni yutdi, deb xabar bermoqda “R-Sport” nashri.
Tsyurixda o‘tayotgan “Brilliant liga” bosqichida o‘rta va uzoq masofalarga yugurish bo‘yicha mohir sportchi 5000 metrlik masofani 13 daqiqa 6,05 soniyada yugurib o‘tib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Marraga ikkinchi va uchinchi bo‘lib ikki efiopiyalik sportchi: Muktar Edris (+0,04) va Yomif Keyyelcha (+0,13) keldilar.
Farah yaqinda Londonda o‘tgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida 10000 metrlik masofaga yugurishda ham oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Asli kelib chiqishi efiopiyalik bo‘lgan 34 yoshli Farah 2012 va 2016 yillardagi Olimpiya o‘yinlarining 4 karra chempioni hisoblanadi.