Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda o‘g‘rilik qilgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Fotolia / VIPDesign
Navoiy viloyati Navoiy shahrida o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida Navoiy shahar IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan o‘g‘rilik qilgan shaxs qo‘lga olindi.
Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi
2017 yilning 19 avgust kuni 1978 yilda tug‘ilgan Navoiy shahar I.Karimov ko‘chasi 80-uyda yashovchi, O.D. ariza bilan murojaat qilib, 2017 yil 19 avgust kuni noma'lum shaxs unga tegishli Navoiy shahrida joylashgan “Karavan-Navoiy” xususiy korxonasiga qarashli choyxonasidan bahosi 120 ming so‘m bo‘lgan terminal modemi va fuqaro O.D.ga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinasining kaliti va pultini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Ushbu jinoyatni, 1978 yilda tug‘ilgan Navoiy shahar M.Ulug‘bek ko‘chasi 4-uyda yashovchi, NKMKga qarashli NMZda ishchisi T.D. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.D.ga nisbatan Navoiy shahar IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-m. 1-q. bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
12:57 / 05.01.2026
Navoiyda avtobus YTHga uchradi. 2 kishi halok bo‘ldi
11:55 / 03.01.2026