Jamiyat | 10:17 / 26.08.2017
4558
1 daqiqa o‘qiladi

Pensilvaniyada avtomobil 7 kishini urib ketdi

Foto: San Antonio Express-News

Amerikaning Pensilvaniya shtatida avtomobil haydovchisi mashinani kishilarga qaratib bostirib bordi. Hodisa oqibatida yetti inson jabrlangan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Voqea shtat shimoli-sharqidagi Mauntin Top aholi punktida yuz bergan. Haydovchi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelgan, so‘ng kishilarga borib urilgan. Yetti inson jabrlandi, ulardan besh nafari bolalar ekani aytilmoqda.

Xabar qilinishicha, jarohat olganlardan besh nafari shifoxonaga olib ketildi. Haydovchi qo‘lga olingan. Politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

Foto: San Antonio Express-News

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid