Qoraqalpog‘istonda Erondan olib kelingan uskunalar yordamida zamonaviy issiqxona qurilmoqda
Prezidenti shu yilning 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan safari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondiga bir oy muddatda Sho‘manay tumanida "Shomanay meridian" korxonasi tomonidan 2 gektar maydonga issiqxona tashkillashtirish uchun 550 ming dollar miqdorida kredit mablag‘larini ajratish choralarini ko‘rishni topshirgan edi, deya yozmoqda Kruz.uz Qoraqalpog‘iston xabar agentligiga asosan.
Bugungi kunda tuman hokimiyati tomonidan "Shomanay meridian" korxonasiga 2 gektar yer maydoni ajratilib, Eron davlatidan "Aruma evropa limited" korxonasi bilan 400 kvadrat metrlik pitomnik va 1,1 gektar maydonga zamonaviy issiqxona qurib berishi uchun 561 ming dollarlik shartnoma tuzildi.
Xalq bankining tuman filiali tomonidan 500 ming dollar kredit mablag‘i ajratildi. Bundan tashqari, korxona o‘z mablag‘i hisobidan 200 million so‘mlik qurilish ishlarini olib bordi. Hozirgi vaqtda eronlik mutaxassislar tomonidan bahosi 195,7 ming dollarlik uskunalar olib kelinib, qurish va o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Mazkur obektni 1 noyabrgacha topshirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:45 / 25.09.2024
2030 yildan Toshkent shahri va uning atrofida mazutdan foydalanish taqiqlanadi
07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi
12:31 / 01.07.2024