Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
U oddiy gol urishni bilmaydi. Asensioning dubli "Real"ni qutqarib qoldi
Foto: Twitter/LaLiga
Ispaniya chempionatining 2-tur markaziy o‘yinida "Real Madrid" o‘z maydonida "Valensiya"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida Asensio uzoq masofadan ajoyib gol bilan hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Soler oradagi farqni tenglashtirdi. 77-daqiqada Kondogbia mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 83-daqiqada Asensio jarima zarbasini aniq amalga oshirib, jamoasiga 1 ochko taqdim etdi.
Real Madrid – Valensiya 2:2
Gollar: 1:0 – 10 Asensio, 1:1 – 18 Soler, 1:2 – 77 Kondogbia, 2:2 – 83 Asensio.
Real Madrid – Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Kroos (Mayoral, 84), Isko (Kovachich, 46), Kazemiro, Asensio, Modrich, Beyl (Vaskes, 74), Benzema.
Valensiya – Neto, Murilo, Ruben Vezu, Toni Lato (Nacho Xil, 83), Gayya, Soler, Parexo, Kondogbia, Montoyya (Nacho Vidal, 75), Rodrigo (Santi Mina, 88), Dzadza.
Ogohlantirishlar: Montoyya (49), Nacho (53), Kazemiro (61), Parexo (66), Karvaxal (72), Rodrigo (81), Soler (84), Dzadza (90).
Turning qolgan yakshanba kungi o‘yinlarida quyidagi natijalar qayd etildi:
Eybar – Atletik 0:1
Gol: 0:1 – 38 Aduris.
Espanol – Leganes 0:1
Gol: 0:1 – 28 Mantovani.
Xetafe – Sevilya 0:1
Gol: 0:1 – 83 Ganso.
Mavzuga oid
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
23:54 / 30.09.2025
Olmaotadagi «Qayrat» va «Real» tarixiy o‘yinida beshta gol urildi
11:37 / 29.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
16:55 / 23.05.2025