Sport | 10:55 / 03.09.2017
11985
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada seriya to‘xtadi

Foto: FIFA matbuot xizmati

Italiya terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionatiga saralash o‘yinlarining Yevropa mintaqasida yettinchi turni ispanlarga qarshi o‘tkazib, mag‘lub bo‘ldi.

Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, italyanlar 11 yil ichida ilk marta xalqaro turnirlarga (Jahon chempionati yoki Yevropa chempionati) saralash o‘yinlarida mag‘lub bo‘ldi. «Skuadra adzurra» oxirgi marta 2006 yilning 6 sentabrida  Yevro-2008 saralashi doirasida Fransiyaga yutqazgandi (1:3). Shundan keyin Italiya terma jamoasi 56 uchrashuvni mag‘lubiyatsiz o‘tkazdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid