Amerikalik meteorolog “Irma” dovuliga qarshi turmoqchi bo‘ldi
AQShda “Irma” dovuli avj olayotgan bir paytda meteorolog Saymon Bryuyyer ko‘chaga chiqib, uning tezligini o‘lchamoqchi bo‘ldi. Uning tabiiy ofatga qarshi turishga urinishi aks etgan videoni meteorologning o‘zi va uning “Bo‘ronni quvuvchilar” jamoasidan hamkasblari tvitterda joylashtirishdi.
Rolik shamol tezligi 209 km/soatga yetgan Floridada suratga olingan. Bryuyyer shamol tezligi 188 km/soatga yetganini qayd qilgan. Bryuyyer ishtirokidagi videolar ommalashib, u bilan minglab blogerlar bir-birlari bilan bo‘lishganlar.
Floridada kuchli bo‘ron tufayli 200 mingdan ko‘proq kishi elektr ta'minotisiz qolgan. Mahalliy aholiga xavfsiz joyga ko‘chish va mustahkamlangan joylarni tark etmaslik tavsiya qilingan.
Mavzuga oid
20:53 / 11.10.2024
“Orlando va u yerdagi o‘zbeklar “Milton” to‘fonidan jabr ko‘rmadi” - Sohib Abbosxon
12:05 / 11.10.2024
«Milton» to‘foni: 16 qurbon, Floridani suv bosdi, 3 mln uy elektrsiz qoldi
08:48 / 11.10.2024
Floridadagi to‘fon bir milliondan ortiq uyni energiyasiz qoldirdi
21:48 / 10.10.2024