Floridadan çiqqan tezyurar katerda bölgan tört qurbondan biri AQŞ fuqarosi ekani ma’lum böldi — Kuba çegaraçilari öşa katerga öq oçgan. Bu haqda 26 fevral, payşanba kuni CNN telekanali xabar berdi. Yaralangan yana bir amerikalik Kubadagi şifoxonalardan birida tibbiy yordam olmoqda.

Keça AQŞning Florida ştatida röyxatdan ötgan tezyurar kater Falkones-Key oroli yonida Kubaning hududiy suvlariga kirgan. Kuba Içki işlar vazirligi ma’lum qilişiça, çegaraçilar uni identifikatsiya qiliş uçun yaqinlaşgan, şundan söng katerdagi yölovçilar çegaraçilarga öq uzgan. Otişma oqibatida tört kişi halok bölgan, yana olti kişi yaralangan.

Kuba hukumati kater ekipajida «terroristik niyatlar» bölganini bildirdi. Mamlakat Içki işlar vazirligi bayonotida «bortda Kubaga noqonuniy kirib kelişni istagan ön nafar qurollangan şaxs bölgani» aytilgan. Şuningdek, katerdagilar AQŞda yaşovçi, Kubadan çiqqan muhojirlar ekani qayd etilgan.

AQŞ hukumati uşbu voqea böyiça öz tekşiruvini ötkazişini bildirdi. Xususan, AQŞ Davlat departamenti rahbari Marko Rubio Kubaning dengiz çegarasi amerikalik kater tomonidan buzilgani Qöşma Ştatlarning qandaydir operatsiyalari bilan boğliq emasligini ta’kidladi.