O‘zbekiston | 10:40 / 13.09.2017
36248
2 daqiqa o‘qiladi

Stiven Sigal «Asian Fight-2017»​ turnirida ishtirok etmaganiga izoh berdi

Foto: fb.com/sseagalofficial/

9 sentabr kuni Toshkentning «Bunyodkor» stadionida mikst-silat bo‘yicha «​Asian Fight-2017»​ Xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etishi rejalashtirilgan faxriy mehmonlar qatorida Van Damm, Yemelyanenko​ va Stiven Sigal bor edi. Turnir boshlanishi oldidan Van Damm bilan tuzilgan shartnoma bandlari tashkilotchilarga tegishli bo‘lmagan tomondan buzilgani uchun, aktyor O‘zbekistonga kelmasligi barchaga ayon bo‘lgandi.

Shunga qaramay, Stiven Sigal poytaxt Toshkent shahrida o‘tkazilgan turnirda ishtirok etish uchun uchib keldi, shuningdek, bir nechta madaniy tadbirlar jumladan, An'anaviy Madaniyat festival, «​O‘zbegim»​ kitobining taqdimotida, San'at va madaniyat instituti talabalari bilan uchrashuvlarda qatnashgan. U Ginness rekordlar kitobiga kirgan mega-palovning tayyorlanishiga guvoh bo‘lib, milliy qadriyatlar namoyishidan zavq olgani haqida aytib bergan.

Ko‘pchilik kuzatuvchi va muxlislarni qiziqtirgan savol, nega Sigal Toshkentga uchib kelgan bir paytda asosiy tadbir payti qorasini ham ko‘rsatmadi, qabilidagi mulohazalar bo‘lsa kerak. Stiven o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida bu haqda shunday deydi:

«Yuksak ehtirom bilan aytishim mumkinki, men bevosita jang kechasida ishtirok etishga, tomosha ko‘rsatishga tayyor edim. Ammo bir nechta nozik masala va vaziyatdan kelib chiqqan holda, Asian Fight 2017'da ishtirok etishga to‘sqinlik qiluvchi sharoitga tushib qoldim».

O‘tkazilgan janglardan so‘ng, jahon chempioni Mahmud Murodov «muhimi xorijdan kimlarningdir kelishi emas, balki shu kabi xalqaro turnirning O‘zbekistonda birinchi marta tashkil etilayotganida», bu musobaqada qatnashib, yurt bayrog‘ini ko‘tarish terma jamoa a'zolarining orzusi ekanini ta'kidlagandi.

Mavzuga oid