Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Nokia 9 flagmanining suratlari paydo bo‘ldi
Nokia kompaniyasi nafaqat Nokia 2 byudjyet smartfoni, balki ikki Zeiss kamera va Iris-skanerli Nokia 9 flagmanini ham taqdimot uchun tayyorlamoqda. LEAKS'da uning suratlari paydo bo‘ldi.
Smartfon metall yoki shisha korpusga ega bo‘ladi. Barmoq izlari skaneri orqa tomonga joylashtiriladi, shunday ekan, Nokia 9 hoshiyasiz displey bilan ta'minlanishi ham mumkin. Barmoq izlari skaneriga muqobil sifatida Iris-skaner (ko‘z skaneri) paydo bo‘ladi.
Nokia 9 flagman xususiyatlariga ega bo‘ladi. U Nokia 8'dagi kabi Carl Zeiss optikali ikki kamera bilan ta'minlanadi. Bu 12 Mp'li ikki modul bo‘lib, ularning biri oq-qoradir. Shuningdek smartfon Android 8.0 Oreo'li birinchi qurilmalardan biri bo‘lishi mumkin.

Nokia 9 qurilmasining xususiyatlari:
Displey: 5,2 dyuym, 2560x1440 piksel;
Protsessor: Snapdragon 835;
Xotira: 4 Gb operativ va 64 Gb ichki;
Kamera: asosiy 12+12 Mp va frontal 12 Mp.
Bundan tashqari, Snapdragon 212 chipi va 4000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega Nokia 2 byudjyet smartfoni taqdimot uchun tayyorlanmoqda.
Mavzuga oid
21:49 / 12.01.2026
Apple 2025 yilda smartfonlar bozorida jahon yetakchisiga aylandi
00:15 / 04.01.2026
Xiaomi ayrim smartfonlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi
02:44 / 28.12.2025
Honor ventilyatorli va ulkan batareyali smartfonlarini taqdim etdi
15:29 / 24.12.2025