Sport | 10:10 / 19.09.2017
5703
1 daqiqa o‘qiladi

Videotakrorlar ko‘lami yanada kengayadi

Braziliya futbol Konfederatsiyasi ma'muriyati milliy chempionatning hal qiluvchi turlaridan boshlab videotakrorlar tizimini joriy etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, yangi texnologiyalar joriy taqvim yilining o‘zidayoq amalda foydalanishga topshiriladi. Hozirgi vaqtda tizim sinovdan o‘tkazilmoqda. Yangi texnologiya bo‘yicha nazariy va amaliy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. 

Braziliya konfederatsiyasi rahbari Marko Polo Del Neroning shaxsan o‘zi so‘nggi vaqtlarda mahalliy chempionat — A seriya o‘yinlarida hakamlarning xatolari ko‘payib ketgani sababli tezroq bu tizimni joriy qilishni istamoqda.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid