Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng badavlat ayoli hayotdan ko‘z yumdi
Fransiyada o‘zining 95 yoshiga bir oy qolganda mashhur kosmetik kompaniya L’Oreal asoschisining qizi va dunyoning eng badavlat ayoli Lilian Bettankur hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda RBK nashri uning yaqinlariga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
Bettankurning yagona qizi Fransuaza Bettankur Mayyers oilaviy biznes yaxshi qo‘llarda qolayotganiga umid bildirdi.
"Biz uchun bu og‘ir damlarda men oilamiz nomidan L’Oreal’ga sodiqligimizni tasdiqlamoqchiman va kompaniya prezidenti Jan-Pol Agon va uning jamoasiga ishonchimizni bildirmoqchiman", deb aytgan Fransuaza Bettankur Mayyers.
Lilianning o‘limi haqidagi xabarni Agonning o‘zi ham tasdiqlagan va u kompaniya muvaffaqiyatiga salmoqli hissa qo‘shganini va "buyuk go‘zallik xonimi" bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.
"Biz L’Oreal, kompaniya va uning xodimlari haqida qayg‘urgan va uning muvaffaqiyati hamda rivojiga juda bog‘langan Lilian Bettankur bilan faxrlanardik", deb aytdi Agon va hamkasblari uni hech qachon unutmasliklarini qo‘shimcha qilgan.
Betankur 1922 yil 21 oktabrda dunyoga kelgan. Forbes jurnaliga ko‘ra, Bettankur 44,7 mlrd dollarlik davlat bilan dunyoning eng boy ayoli va eng badavlat odamlar ro‘yxatida 13 nafar eng boy erkakdan keyin 14-o‘rinni egallagan. U 1909 yilda L’Oreal’ga asos solgan kimyogar Ejyen Shyullerning yagona farzandi bo‘lgan. Bettankur o‘zida avj olayotgan aqli zaiflik tufayli 2012 yilda L’Oreal direktorlar kengashidan ketgan. Uning oilasi kosmetik gigantning 33,1 foiz aksiyasiga egalik qiladi.