Sport | 23:23 / 28.09.2017
4494
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa ligasi, A guruhi. «Astana» o‘z uyida g‘alaba qozona olmadi

Yevropa ligasining 2-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Astana» klubi o‘z uyida Chexiyaning «Slaviya» klubini qabul qildi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida Ngade-Ngadjui tomonidan kiritilgan gol evaziga mehmonlar hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsada,Tomasov tomonidan kiritilgan gol hisobni tenglashishiga sabab bo‘ldi va natijada o‘yin shu hisob bilan yakuniga yetdi.

Yevropa ligasi, A guruhi, 2-tur

Astana (Qozog‘iston) – Slaviya (Chexiya) 1:1 (1:1)

Gollar: Tomasov (42) – Ngade-Ngadjui (18).
Astana: Erich, Postnikov, Logvinenko, Shomko, Shitov, Mayevskiy, Tomasov (Murtazayev, 82), Mujikov (Tagybergen, 87), Beysebekov, Tvumasi, Kabananga.
Slaviya: Kovarj, Deli, Yugas, Sobol, Ngade-Ngadjui, Stox, Rotan, Zmrgal (Gromada, 62), Sikora (van Buren, 87), Borjil, Netsid (Shkoda, 73).
Ogohlantirishlar: Mujikov (27), Yugas (32), Borjil (39), Sobol (63), Postnikov (85).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid