Texnologiya | 22:30 / 28.09.2017
6231
2 daqiqa o‘qiladi

Sony o‘z smartfonlarining dizaynini to‘liq o‘zgartiradi

Foto:hitech.vesti.ru

Sony’ning joriy smartfonlari dizayni kompaniyaning 2013 yilda chiqarilgan ilk smartfoni Xperia Z’ga o‘xshash ko‘rinishda bo‘lib, 2017 yilda qirrali korpuslarga joylangan hoshiyasiz ekranlar urf bo‘lganda bu qurilmalar anchagina eski ko‘rinadilar.  

Sony’ning Hindistondagi boshqaruvchi direktori Kenichiro Xibining Indian Express nashriga bergan intervyusida u kompaniyasi smartfonlari ko‘rinishini to‘liq o‘zgartirib, modellar qatorini zamonaviylashtirmoqchiligini ma'lum qilgan.  

Biroq Xibi yangi smartfonlar chiqarilishi sanasiga oydinlik kiritmagan. Uning aytishicha, bu tez orada yuz beradi. Ehtimol, yapon kompaniyasining yangi smartfonlari 2018 yildan oldinroq chiqmas. Kompaniya an'anaviy ravishda yiliga ikki marta: fevralda Mobile World Congress va avgustda Berlindagi IFA ko‘rgazmalarida katta e'lonlar qiladi. 

Ta'kidlanishicha, yangi qurilmalar ingichka hoshiya va cho‘zilgan, ehtimol tomonlari nisbati 18:9 bo‘lgan ekran olishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid