KXDR raketalarini ishlab chiqarish markazidan ko‘chirmoqda – Janubiy Koreya OAV
Shimoliy Koreyaning bir nechta raketasi Pxenyandagi raketa ishlab chiqaruvchi zavoddan olib chiqilayotgani kuzatilgan. Bu haqda Janubiy Koreyaning KBS telekanaliga asoslangan holda Reuters xabar bermoqda. Unga ko‘ra, Shimol fitnali harakatlarni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rayapti.
Xabarda ta'kidlanishicha, maxsus xizmat manbasi Janubiy Koreya va AQSh ayg‘oqchilariga aniqlangan raketalar Shimoliy Pxenyanning Sanum-dong qismida joylashgan Shimoliy Koreya Raketa tadqiqot va rivojlantirish markazidan olib chiqilgan.
Xabarda raketalar qachon va qayerga ko‘chirilganiga oydinlik kiritilmagan. Raketalar o‘rta masofalarga ucha oladigan Hvasong-12 yoki qit'alararo ballistik raketa Hvasong-14 ham bo‘lishi mumkin. Chunki Sanum-dongdagi inshoot qit'alararo ballistik raketa ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Janubiy Koreya mudofaa vazirligining vakili xabardagi voqelikni izohlay olmasligini bildirgan.
Janubiy Koreya rasmiysi esa, KXDR kommunistik partiya tashkil etilgani munosabati bilan 10 oktabrda yoki Xitoy Kommunistik partiyasi kongressi bo‘lib o‘tadigan 18 oktabrda fitnali harakatlarini amalga oshirishi mumkin.
Mavzuga oid
08:40
Putin Dumaga KXDR bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi
22:41 / 13.10.2024
Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyani «dahshatli halokat»dan ogohlantirdi
21:18 / 11.10.2024
Janubiy Koreya yetti yil ichida ilk bor Taurus raketalaridan foydalangan holda mashg‘ulot o‘tkazdi
18:21 / 11.10.2024