Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyani «dahshatli halokat»dan ogohlantirdi
Kim Yo Chjon Janubiy Koreya yana dronlarini Pxenyan tomon uchurgudek bo‘lsa, bu «dahshatli halokatga» olib kelishini, «shaxsan o‘zi bunday bo‘lishini xohlamasligini» bildirdi.
Foto: AP
Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi Kim Yo Chjon Janubiy Koreyani yana KXDRga uchuvchisiz uchish apparatlarini yuborgudek bo‘lsa, «dahshatli halokat»dan ogohlantirdi, deb xabar beradi SCMP.
«Koreya Respublikasiga tegishli uchuvchisiz uchish apparatlarining poytaxtimiz uzra yana qayd etilishi shubhasiz, dahshatli halokatga olib keladi. Shaxsan men bunday bo‘lishini xohlamayman», — deydi Kim Yo Chjon.
KXDR Tashqi ishlar vazirining ma’lum qilishicha, Janubiy Koreya 3, 9 va 10 oktyabr kunlari Pxenyanga uchuvchisiz uchish qurilmalarini uchirib, davlatga qarshi matnlar bitilgan «ko‘p sonli» varaqalarni sochgan. Idoradagilar Janubiy Koreya chegarasida joylashgan hujum qurollarini shay holatga keltirish bilan tahdid qilgan.
Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi KXDR tomon dronlar uchirilganini rad etgan.
Avvalroq KXDR harbiylari «janubiy chegaralarni qal’aga aylantirish» maqsadida Janubiy Koreyaga eltuvchi barcha avtomobil va temiryo‘llarini yopishga va’da bergandi. Undan oldin esa Janubiy Koreya KXDR yadroviy jangovar kallaklarni ishlab chiqarishga yetarli plutoniy va uranga ega ekanini ma’lum qilgan. Shu bilan birga mamlakat razvedkasining ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya yettinchi yadroviy sinovini 5 noyabrda — AQShdagi prezidentlik saylovlaridan keyin o‘tkazishi mumkin.
Mavzuga oid
13:42 / 16.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti besh yilga qamaldi
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
11:34 / 29.12.2025