Poytaxtdagi "Orzu" savdo-ko‘ngilochar markazi o‘z faoliyatini to‘xtatdi
1 oktabr kuni Toshkent shahrining Zarafshon ko‘chasida joylashgan "Orzu" savdo-ko‘ngilochar markazi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. MyDay shu haqida xabar berdi.
Majmua 4 yil davomida ish yuritdi. Uning rasmiy ochilish marosimi 2013 yilning 5 oktabrida bo‘lib o‘tgan.
Ba'zi filiallar allaqachon o‘ziga yangi joy topib ulgurgan - mashhur Barbeque Burger "Buyuk Ipak Yo‘li" metrosi tomonga ko‘chib o‘tmoqda, Greens esa Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazidan qo‘nim topdi.
"Dizaynerlar xiyoboni", shuningdek boshqa do‘konlar hamda umumiy ovqatlanish bo‘limlarining taqdiri hozircha noma'lum.
Ta'kidlash joizki, bundan avval bu maskanda Demir Group filiali faoliyat yuritgan. Joriy yilning sentabrida Davlat investitsiya qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimiyati va Turkiyaning Demir Group kompaniyasi o‘rtasida turizm sohasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolangani haqida ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
14:51 / 29.06.2024
Toshkentda “Orzu” xayriya ko‘rgazmasi davom etmoqda
12:06 / 21.07.2021
21-22 iyul kunlari “Samarqand Darvoza” SKM butun oilangiz uchun 70% gacha chegirmalarni e'lon qiladi
15:00 / 05.12.2019
Compass, Eski Shahar va Samarqand Darvoza da 70% gacha chegirmalar «Magic Friday» katta qishki savdosi e'lon qilinmoqda!
11:00 / 04.07.2019