Sport | 11:10 / 09.10.2017
23652
1 daqiqa o‘qiladi

Aqldan ozgan stadion. JChga mana shunday chiqiladi

Misr terma jamoasi JCh-2018 saralashining Afrika mintaqasida saralash bosqichi tugashiga bir tur qolganida mundial yo‘llanmasini naqd qildi.

Misr va Kongo terma jamoalari uchrashuvi (2:1) taqdirini misrliklar terma jamoasi yetakchisi Muhammad Saloh 95-daqiqada penaltidan urgan gol hal qildi. Natijada, Misr terma jamoasi 28 yil deganda ilk marta JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Urilgan goldan so‘ng futbolchilar, murabbiylar va ayniqsa muxlislar aqldan ozgandek tarixiy g‘alabani nishonladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid