Jahon | 09:47 / 19.10.2017
16719
4 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin Xitoy modeli haqida bong urmoqda

Foto: Reuters

Xitoy davlatga dunyoda markaziy o‘rin va'da qilayotgan yangi davrga kirdi. Bu haqda XXR raisi Si Tszinpin chorshanba, 18 oktabr kuni ochilgan Kommunistik partiya qurultoyida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Bi-bi-si’ning Pekindagi muxbirlari.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, chet elliklar uchun yopiq tarzda o‘tkazilayotgan qurultoy kelgusi davr mobaynida mamlakatning rivojlanish yo‘lini kim belgilab berishini aniqlaydi. Kutilishicha, so‘nggi vaqtlarda hokimiyatni o‘z qo‘lida mustahkamlagan Si Tszinpin partiya yetakchisi bo‘lib qoladi. Har besh yilda o‘tkaziluvchi qurultoy kelasi hafta seshanba kuni yakunlanadi. Unda ikki mingdan ziyod delegatlar ishtirok etmoqda. Tadbir kuchaytirilgan xavfsizlik choralari bilan o‘tkazilmoqda. Kutilishicha, qurultoy yakunlanganidan so‘ng, Xitoy asosiy boshqaruv organi – Xitoy Kommunistik partiyasi MQ Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasining yangi a'zolari nomi ma'lum bo‘ladi.

Sinxua axborot agentligiga ko‘ra, Si Tszinpin ma'ruza bilan chiqish qilib, xitoycha xususiyatlariga ega sotsializm yangi davrga qadam qo‘ygani hamda modernizatsiya qilingan sotsialistik davlatni barcha tomonlama qurishga «yangicha uslub» boshlangani haqida ma'lum qildi.

«XIX qurultoyidan boshlab va partiyaning keyingi qurultoyi ochilguniga qadar bo‘lgan davr - muhim tarixiy o‘tish pallasi bo‘lib, uning davomida biz o‘rta farovon jamiyatni butunlay qurishimiz kerak – ya'ni XKPning yuz yillik yubileyiga mo‘ljallangan maqsadni amalga oshirishimiz, hamda XXR yuz yilligiga bag‘ishlangan maqsadga yetishish uchun «yangicha uslubni» boshlashimiz lozim, - modernizatsiya qilingan sotsialistik davlatni har tomonlama qurish», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Partiya va davlat yetakchisi Si uch soatlik nutqida Xitoyning so‘nggi yutuqlari haqida to‘xtalib, yangi davrdagi Xitoy sotsializmi endi mamlakat jahondagi yetakchi kuchga aylangani va insoniyat tarixida muhim o‘rin tutishini anglatishi haqida aytib o‘tdi. 

Kommunistlar boshqaruvi ostidagi o‘sishning Xitoy modeli rivojlanmoqda hamda boshqa rivojlanib borayotgan davlatlarga «yangi tanlov» imkonini beradi, deya ta'kidlab o‘tdi Si. O‘z nutqida Si Xitoyning rivojlanishi yangi davrga kirganini ma'lum qildi, hamda bu so‘zlar birikmasini 36 marta ishlatdi.

«Biz uchun dunyoda markaziy o‘rinni egallash va insoniyat tarixiga yanada ko‘proq hissa qo‘shish vaqti keldi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Xitoy rahbari.

Shuningdek, Si Tszinpin o‘z nutqida:

Mamlakatni farovon va ekologik hamda iqtisodiy islohotlar orqali yanada yaxshi qilishi kerak bo‘lgan ikki pog‘onali «sotsialistik modernizatsiya» rejasi haqida gapirdi. U 2050 yilga qadar mo‘ljallangan;

U Shinjon, Tibet va Hongkongdagi harakatlarga ishora qilib, ayirmachilik xavfi haqida ogohlantirdi hamda hukumatning Tayvan Xitoy bir qismi ekani haqidagi pozitsiyasini yana tasdiqladi;

Xitoy «dunyoning qolgan qismi uchun o‘z eshiklarini yopmasligi» haqida gapirdi va xorijiy sarmoyadorlar uchun to‘siqlarni kamaytirishga va'da berdi;

Shuningdek, u partiya intizomini mustahkamlash chora-tadbirlar haqida e'lon qildi, hamda bir milliondan ortiq amaldor jazolangan keng ko‘lamli korrupsiyaga qarshi kampaniya mavzusini tilga oldi.

Bi-bi-si ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy rahbariyati tomonidan kiritilgan qattiq iqtisodiyot rejimi qurultoy o‘tgan davrga nisbatan ancha kamtarroq o‘tkazilishini anglatadi. Bu haftada delegatlar joylashgan mehmonxonalar bezaklar, xonalardagi bepul mevalar va qimmatbaho taomlar uchun xarajatlarni kamaytirgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid