Ayol kishi nega erkaklardan kamroq pul topishi ma'lum bo‘ldi
Buyuk Britaniyada ayni paytda xodimlar ish haqi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar har doimgidan ham band. Sababi shuki, kelasi yil aprel oyiga qadar ish beruvchi tomon erkak va ayol xodimlarning oylik maoshi o‘rtasidagi farqni ommaga oshkor etib boruvchi tizimni joriy etishi lozim. Shunga o‘xshash qaror AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ham imzolandi. Bu tadbir ish joyida gender sezuvchanligini yo‘qotib, ayol va erkak xodimlarning imkoniyatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (OECD) soha yuzasidan o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra, rivojlangan va yuqori rivojlanayotgan mamlakatlarda mehnat qiluvchi ayol xodimaning maoshi xuddi shu vazifani bajarib turgan erkak ishchi ishlab topadigan daromadning 85 foizini tashkil etadi. Korn Ferri o‘rgangan 25 ta mamlakatda esa bu raqam 98 foizni tashkil etgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Yevropadagi deyarli 70 foiz ishchi ayollar mehnat jamoasining kamida 60 foizi ayol kishi bo‘lgan joyda faoliyat olib boradi. Bu degani, erkak kishi ayollarga nisbatan mas'uliyatli, nufuzli, jumladan, ma'muriy boshqaruv, huquq va moliyaviy tarmoqlarda faol hisoblanadi.
Tadqiqotchilarning fikricha, ayol kishining ijtimoiy yuqori lavozimda kam uchrashiga sabab - uning farzand parvarishi bilan mashg‘ul bo‘lishi. Bu davrda ona bo‘lgan ishchi farzand parvarishiga ko‘proq vaqt ajratishi talab etiladi, shuning uchun ular jamiyatda kam ehtiyoj sezilgan kasbni tanlashga majbur bo‘ladi. Boshqa holatda esa kam soat ishlashga harakat qilinadi. Ayni shunday holatda AQShdagi ishchi ayolning maoshi 4 foizgacha kamayishini kuzatish mumkin.
Shuningdek, turmushidan ajralgan ishchi ayol oilaviy xarajatlarni o‘z bo‘yniga olishi lozim. Qonunchilikda nazarda tutilgan ota-onalik mas'uliyatidan tashqari, bola parvarishida talab etiladigan sharoitlar bitta ayol kishining sa'y-harakati bilan paydo bo‘lmaydi.
Bunday holatni o‘zgartirish uchun erkak shifokor, o‘qituvchilarni ko‘p bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash lozim. Shu bilan birga, bola parvarishi uchun taqdim etiladigan ta'til ishchi otaga ham berilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:05 / 25.10.2024
“Barchasi ota-onamning qo‘llovi tufayli”: Microsoft elchisiga aylangan o‘zbek qizi
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
15:31 / 08.09.2024
O‘zbekistonda ishlayotgan ayol shifokorlar soni ma’lum qilindi
15:14 / 06.09.2024