Fan-texnika | 16:59 / 21.10.2017
6733
2 daqiqa o‘qiladi

Apple Macbook’ni eslatuvchi do‘konni ochdi

Foto: Apple

Apple kompaniyasi 20 oktabr kuni Chikagodagi sohilbo‘yida Apple Michigan Avenue maxsus do‘konini ochdi, deya xabar beradi Apple Insider.

Maydoni 6 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan savdo nuqtasining ochilishida Apple bosh direktori Tim Kuk chiqish qildi.

“Barcha do‘konlar nimanidir sotadi. Ammo bu biz nuqtalarimizda qiluvchi narsaning faqat kichik bir qismidir. Apple do‘konlari - mijozlarga xizmat ko‘rsatish, mahsulotlardan bahramand bo‘lish va o‘rganish, shuningdek, ta'lim bilan shug‘ullanadigan joydir. Odamlar muloqot qilishi mumkin bo‘lgan joy”, - dedi Apple bosh direktori Tim Kuk.

Foto: Apple 

Chikagoda Apple Store’ning devorlari shishadan tayyorlangan, do‘kon keng xona va ingichka tomga ega.

«Apple Michigan Avenue – ichkari va tashqaridagi chegaralarni olib tashlash, shahardagi muhim aloqalarni tiklashdir», - deya Apple bosh dizayneri Jonni Ayv yangi do‘konga izoh berdi.

Foto: Apple 

2017 yilning iyunida jurnalistlar unda olma logotipi bor ekanini payqagandilar. Shuning uchun Apple Store’ning Macbook’ga o‘xshashligi haqida taxminlar paydo bo‘ldi. Biroq do‘kon ochilishidan olingan videoga ko‘ra, kompaniya tomdagi logotipdan voz kechgan.

Mavzuga oid