Jamiyat | 10:50 / 25.10.2017
6588
1 daqiqa o‘qiladi

Olmazor tumanida qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: KUN.UZ

Olmazor tumanida Olmazor tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olindi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Olmazor tumanida 23 oktabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi bilan ayblanib, 2017 yil 3 sentabridan beri qidiruvda bo‘lgan, 1996 yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani, Kakanda MFYda ro‘yxatda turuvchi X.M. Farobiy ko‘chasida ushlandi. 

 

Mavzuga oid