Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla 3 oyda 600 mln dollardan ortiq zarar ko‘rdi
Amerikaning elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi uchinchi chorak natijalari bo‘yicha 619,4 mln dollar zarar ko‘rdi. Bu har bir aksiyadan 2,92 dollar zarar deganidir. Uning korporativ hisobotiga tayangan holda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.
Tahlilchilar har bir aksiyadan zararni 2,28 dollar bo‘lishini taxmin qilishgan edi. O‘tgan yilning uchinchi choragida har bir aksiyadan ko‘rilgan zarar 1,61 dollarni tashkil etgan edi.
Shu bilan bir vaqtda, tushum qariyb 2,98 mlrd dollarni tashkil etgan, bir yil avval u 2,3 mlrd dollar bo‘lgan. Gazetaning yozishicha, bunga Model X elektromobili savdolarining o‘sishi ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. O‘tgan chorakda savdo hajmi 36 foizni tashkil etgani ta'kidlanadi. Birja savdolarida Tesla aksiyalari narxi 3,2 foizga tushib ketdi.
Mavzuga oid
19:59 / 23.06.2026
Tesla avtopilot rejimida uyga urildi va ichidagi ayolni o‘ldirdi
09:42 / 19.06.2026
Rivian Teslaʼga raqobatchi avtopilot tayyorlamoqda
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
07:48 / 24.05.2026