Sport | 10:21 / 04.11.2017
37225
1 daqiqa o‘qiladi

Futbolchilar ham shokda: Meksikada darvozabon dahshatli jarohat oldi

Meksika jamoasi darvozaboni Oskar Ustari milliy birinchilik doirasidagi «Tigres» klubiga qarshi kechgan (1:1) uchrashuvda dahshatli jarohat oldi.

31 yoshli argentinalik uchrashuv oxirlarida to‘pni o‘z darvozasidan uzoqlashtira turib, tizzasidan jiddiy jarohat oldi. Videodan ko‘rish mumkinki, darvozabonning chap oyog‘idagi suyak tizza suyagidan chiqib ketgan. Ustari ro‘y bergan holat tufayli ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Darvozabonning tizzasini ko‘rgan futbolchilar ham shokka tushib qolishdi.

Ustari jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi, uning tiklanish muddati kamida olti oyni tashkil etishi ta'kidlangan, deb xabar bermoqda Univision Deportes.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish