Light | 12:55 / 08.11.2017
32567
2 daqiqa o‘qiladi

Semizlikka qarshi kurashning oddiy usuli topildi

AQShning Beylor tibbiyot kolleji olimlari klinik tadqiqotlar vaqtida ishtahasi deyarli juda zaif bo‘lgan ayrim bemorlarning FBN1 genida mutatsiya borligini aniqlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, bu guruhdagi odamlarda oqsilning sezilmas qismi yo‘q bo‘lib, u tanada asprozin hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 

Gormonni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, birikma gipotalamusdagi neyronlar bilan o‘zaro birga faoliyat yuritadi. Tadqiqotga ko‘ra, asprozin ikki xil miya to‘qimalari – ishtahani ochuvchi AgRP neyronlari va ishtahani bo‘g‘uvchi POMC neyronlariga turlicha ta'sir ko‘rsatadi. Natijada gormon ochlik hissini kuchaytiradi hamda ko‘proq taom yeyishga majbur qiladi.
 
Bundan tashqari, olimlarning aniqlashicha, ortiqcha vaznli odamlarning qonida asprozin miqdori ko‘p ekan. Tadqiqotchilar ushbu gormon faoliyatini to‘liq neytrallashtiradigan vositani ishlab chiqqani hamda ilk klinik sinovlarni o‘tkazganini ta'kidlashmoqda. 

Mavzuga oid