Jahon | 16:00 / 10.11.2017
22662
2 daqiqa o‘qiladi

Al-Bag‘dodiyni ozod etilgan Abu-Kamoldan qidirishmoqda

Foto: Reuters

IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy Suriyaning Abu-Kamol shahridagi tumanlardan biriga yashiringan bo‘lishi mumkin. Bu haqda shaharni ozod etishda ishtirok etgan «Hizbulloh» harakatidagi manbaga asoslanib Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Shialar guruhining harbiy-axborot markazi vakili tafsilotlarni keltirmagan, ammo u terrorchilar rahbari shaharda ekani haqiqatga yaqinligini bildirgan.

«IShID rahbari 9 noyabr kuni ozod etilgan shaharning hilvatlaridan biridaligi haqida ma'lumot bor» , — deyilgan xabarda.

Bundan oldinroq Suriya Arab Respublikasi armiyasi Rossiya HKK yordamida Abu-Kamolni IShIDdan ozod qilgani haqida xabarlar berilgandi. Bu shahar IShIDning Suriya hududidagi oxirgi tayanchi edi.

Oxirgi yilda Abu-Bakr Bag‘dodiy o‘limi haqida OAV bir necha marta xabar tarqatdi, ammo bu xabarlarning hech biri tasdiqlanmadi. U Mo‘sul va Raqqa qo‘ldan ketgach, Suriya hududidagi cho‘llarga yashiringani aytilgandi.

Mavzuga oid