Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya xavfsizlik kuchlari Idlibda o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi
Suriya xavfsizlik kuchlari mamlakat shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatida o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi.
Reuters xabariga ko‘ra, Idlib shahrida o‘t ochishda ayblanayotgan o‘zbekistonlik jangarini hibsga olishga urinish ortidan keskinlik yuzaga kelgan. Bunga javoban o‘nlab qurollangan o‘zbekistonlik jangari xavfsizlik xizmati binosi oldida to‘planib, o‘z safdoshini ozod qilishni talab etgan.
Keyinchalik xavfsizlik kuchlari Idlibning bir nechta qishloq hududlarida, jumladan, Kafriya va Al-Fua aholi punktlarida reydlar o‘tkazib, namoyishchilarni hibsga olgan.
Hibsga olinganlarning aniq soni hozircha noma’lum. Suriya Ichki ishlar vazirligi vaziyatga izoh bermadi.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilga kelib, Suriyada 1500 ga yaqin o‘zbekistonlik jangari bo‘lgan, ularning ba’zilari oilalari bilan.
Bu so‘nggi oylarda Idlibda Suriya hukumat kuchlari va xorijiy jangarilar o‘rtasidagi ikkinchi jiddiy to‘qnashuvdir. Avvalroq Turkiya chegarasi yaqinidagi fransuz jangarisi Umar Diabi lageri atrofida keskinlik yuzaga kelgan edi.
Ta’kidlanishicha, Suriya hukumati xorijiy jangarilarni yangi Suriya armiyasi tuzilmalariga faol integratsiya qilmoqda. Ulardan minglab nafari allaqachon o‘z maqomini rasmiylashtirgan. Ba’zilari yuqori lavozimlarni egallagan: iordaniyalik jangari Respublika gvardiyasiga qo‘mondonlik qilmoqda, avstraliyalik jangari suveren jamg‘armani boshqaryapti. O‘tgan yili AQSh 3,5 mingga yaqin xorijiy jangchilarni (asosan uyg‘urlar va qo‘shni davlatlardan kelganlar) armiyaning yangi diviziyasiga integratsiya qilish rejasini ma’qullagan edi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026