Jahon | 06:45 / 10.11.2017
11497
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya prezidenti Saudiya Arabistoniga keldi

Foto: Al Arabiya

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron qisqa muddatli tashrif bilan Saudiya Arabistoniga keldi. Bu haqda Al Arabiya xabar bermoqda.  

Ta'kidlanishicha, Ar-Riyod xalqaro aeroportida Makronni valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon kutib olgan.

Ma'lum qilinishicha, Makron Yamandan Saudiya Arabistoni tomon raketa otilgandan keyin Ar-Riyodga kelishga qaror qilgan. Bundan tashqari, Makron Eron atrofidagi vaziyatni muhokama qilmoqchi.   

Avvalroq yamanlik husiylar Saudiya Arabistoni poytaxti tomon raketa otishgani ma'lum qilingandi. Raketa Saudiya Arabistoni havo hujumiga qarshi  mudofaa kuchlari tomondan urib tushirilgan.

Mavzuga oid